Davlat inspektsiyasi delegatsiyasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida taʼlim sifatini monitoring qilish tarmogʻining (NEQMAP) yillik yigʻilishida ishtirok etdi. Unda Oʻzbekistonda taʼlim sifatini nazorat qilish tizimi hamda oʻquvchilar bilimini baholash natijalarini taʼlim siyosatiga integratsiyalash boʻyicha Oʻzbekiston tajribasining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlar delegatsiyalari Oʻzbekiston tajribasiga yuqori baho berdilar va bunda Davlat inspektsiyasining mustaqil davlat organi sifatida taʼlim sifatini yaxlit tarzda taʼminlashi (taʼlim muassasalarini akkreditatsiya qilish, oʻquvchi-yoshlar bilimini baholash, pedagoglar malakasini oshirish va baholash buyicha davlat siyosatini olib borish hamda oʻquv dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish) mintaqadagi eng yaxshi amaliyotlardan biri sifatida eʼtirof etildi. Shuningdek, xalqaro ekspertlar tomonidan Davlat inspeksiyasi va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) oʻrtasida Oʻzbekistonning PISA 2021 xalqaro baholash dasturida qatnashishi buyicha imzolangan bitim taʼlim sifatini oshirish yoʻnalishida qilingan jiddiy qadam ekanligi alohida taʼkidlandi.