Oliy ta’lim muassasasi va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyalashuvini ta’minlash – ta’lim sifatini oshirishning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri

Joriy yilning 19-24 noyabr kunlari Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida (Universitet) Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tomonidan universitetda taʼlim sifatini yanada oshirish  bilan bogʻliq yoʻnalishlar boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazildi va muammmolarni joyida bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatildi.

Jumladan, mazkur taʼlim muassasasida oʻquv jarayonini takomillashtirish hamda ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsiyani taʼminlash masalalari boʻyicha joriy yilning 21 noyabr kuni  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A.Abduvaxitov boshchiligida universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, kadrlar isteʼmolchilari hisoblangan tegishli vazirlik, qoʻmitalar, tashkilot va korxonalar hamda ilmiy-tadqiqot institutlari  mutaxassislari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Oʻrganish jarayonida ishchi guruhi tomonidan mazkur taʼlim muassasasida taʼlim sifatini oshirish, talabalarga toʻlaqonli bilim olish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

– mazkur uchrashuvda taʼlim sifatini belgilovchi oʻquv-meʼyoriy hujjatlarning mazmun va mohiyati, ayniqsa, oʻquv dasturlarining mazmuni kadrlar isteʼmolchilari talablari asosida ishlab chiqilganlik darajalari tanqidiy koʻrib chiqildi;

– vazirlik, korxona va tashkilotlar, qoʻmitalar vakillari tomonidan sohalar boʻyicha kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlarni inobatga olgan holda kelgusida universitetning bakalavriatda 14 ta taʼlim yoʻnalishlari, magistratura boʻyicha 27 ta mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish yuzasidan takliflar tayyorlandi;271118074039

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*